Posted by Ulug'bek Pulatov on September 18, 2009
Qadrli ustoz va murabbiylar sizlarni kelayotgan 1-oktabr o’qituvchilar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Sizlarga sihat-salomatlik va mushkul ammo sharafli ishlaringizda faqat zafarlar tilab qolamiz. Xurmat bilan butun 12-maktab o’quvchilari va sayt ma’muriyati.
Yana bir bor bayramingiz bilan!
Posted by Ulug'bek Pulatov on September 7, 2009
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 sentabr kuni Oqsaroyda “MAN” kompaniyalar guruhi Direktorlar kengashi raisi Xokan Samuelssonni qabul qildi.
– “MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani siz rahbarlik qilayotgan “MAN” kompaniyalar guruhining mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatiga qiziqishidan dalolatdir, – dedi davlatimiz rahbari.
Samarqanddagi “SamAvto” zavodi hududida tashkil etilgan “JV MAN Auto-Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi MDHda birinchi bo‘lib joriy yil 4 sentabrdan “MAN” rusumidagi yuk avtomobillari ishlab chiqara boshladi. Birinchi bosqichda qo‘shma korxonada neft-gaz, avtomobilsozlik, yo‘lsozlik, konchilik sanoati va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ehtiyojlari uchun turli quvvatga ega yuk avtomobillari va ag‘darma mashinalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, O‘zbekistonda bu sohalarda ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’ati, infratuzilmaning kengayib borayotgani va avtomobil parklarini yangilashga ehtiyoj ortayotgani kuzatilmoqda.
Yangi tuzilgan qo‘shma korxona faoliyatining ilk davrida yiliga 2000 dona avtotransport vositasi ishlab chiqaradi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish Samarqand avtomobil zavodi bilan hamkorlikda olib boriladi.
“MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni kelgusida “JV MAN Auto-Uzbekistan” mahsulotlarini MDH mamlakatlaridagi o‘z distribyutorlari orqali eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Oqsaroydagi uchrashuvda X.Samuelsson samimiy qabul uchun mamlakatimiz Prezidentiga minnatdorlik bildirib, “MAN” kompaniyalar guruhi “O‘zavtosanoat” kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati korxonalari bilan “MAN” kompaniyalar guruhi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari, birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Posted by Ulug'bek Pulatov on August 27, 2009
Barcha maktab o’quvchilari uchun yaxshi yangilik!!! Endi jonajon maskaningizda yana ikki yil o’qishingiz mumkin!!! Yangilik bilan barcha oq’uvchilarni tabriklayman!!!
Ma’lumotlarni keyinroq o’qishingiz mumkin…
Posted by Ulug'bek Pulatov on July 19, 2009
Maktab davriga hech nima yetmas ekan. Mana meni bitirganimga bir yil bo’ldi, lekin xali hanuz sinfdoshlar bilan to’liq uchrasha olganimiz yo’q. Furstani borida qadriga yetish kerak. 8 va 9 sinf o’quvchilari uchun bir-biringizga to’yib olinglar. Chunki keyinchalik fursat bo’lmasligi mumkin!!!
Posted by Ulug'bek Pulatov on July 19, 2009
Mana yil davomida kutilgan yozgi ta’til ham boshlanib ketdi. O’quvchi va talaba yoshlar turli dam olish oromgohlarida va o’z uylarida maroqli dam olmoqdalar. Zero, yaxshi olingan dam mehnatga hamdam bo’ladi. Ishonamanki o’quvchilar o’quv yili boshlanishi bilan o’qishga bor imkoniyatlarini sarflaydilar. Axir 9-sinf o’quvchilari uchun bitiruv imtihonlarini xech kim man qilgan yo’q. Shu yili bitirgan o’quvchilarni esa bitirganliklari bilan tabriklab ularni o’z o’quv yurtlarida, maktbalari sha’nini yuqori ko’tarishlarini tilab qolaman!!!
Posted by axror on December 28, 2007
Bolalar sizlarga bu narsalar bilan o’ynamang demayman, chnunki bari bir bazibir ota-onalar bolalariga olib berishadi.Bilishmaydiki buning oqibati juda yomon bo’lishi mumkin,lekin bola buni tusunmaydi, lekin siz ota-onalar shuni tushinigiz kerakdir.Bolalaringizga buni olib bermang,buni oqibati juda yomon bo’lishi mumkin.Lekin bolangizga ortiqcha pul ham bermang,bola o’rtog’lari bilan kelishgan yoki boshqa bola bilan birgalikda borib olishi mumkin.Siz shu narsaga juda qatiq etibor bering,bolani be etibor qo’ymang.Siz ota-onalardan shu narsag etibor berishingizni so’rab qolamiz.Olib bering demaymiz,oling lekin sizning nazoratingiz bilan bolaga bu narsalarni,ishlatishga ruxst bering.
Posted by Jasurbek Istamov on December 21, 2007
Yangi yil, yangi yil bu yangi ezgu-maqsadlar va yaxshi niyatlardir. Hamma yangi yilni intizorlik bilan kutishadi. Kattalar yangi ishlar haqida o’ylashsa, jajji bolajonlar qorbobodan qanday sovg’a olishni o’ylashadi. Shu bilan birga maktablarda yangi yil tadbirlari, bayramlar bo’lib o’tadi. Read the rest of this page »
Posted by Ulug'bek Pulatov on December 17, 2007
Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 15 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 2008 yilni “Yoshlar yili” deb e’lon qildi. Bu jamiyatimizning har bir a’zosini, xususan, yosh avlod vakillarini to‘lqinlantirib yubordi.
Read the rest of this page »
Posted by Ulug'bek Pulatov on December 15, 2007
Mana saylov kuni ham yaqinlashib qoldi. Sanoqli kunlardan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov bo’lib o’tadi. Bu saylov barchamiz uchun birday muhim bo’lib unda kelajagimiz aks etadi. Bizning maktabimizda ham 489-saylov uchastkasi ochildi. Bu saylovda barcha 18 yoshdan oshgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari, ularning burchlari hisoblanadi. Siz ham saylovda ishtirok eting va o’zingizning siyosiy huquqlaringizni amalga oshirishda faol bo’ling.
Ulug’bek Po’latov
Posted by Ulug'bek Pulatov on December 10, 2007
Bizning maktabimizda A.Qahhorning 100-yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.Bu tadbirda asosan katta sinf o’qivchilari qatnashishdi.Unda yozuvchining hayoti va ijodi, yozgan o’lmas asarlari haqida muzokaralar bo’lib o’tdi. Read the rest of this page »
Recent Comments